Kontent qismiga oʻtish

Pargari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pargari (fors, pargar — sirkul) —pargar yordamida naqsh yaratish usuli hamda shu usulda yaratilgan naqsh. Naqqosh usta pargar, chizgʻich yordamida kalam bilan naqsh mujassamotini chizib yaratadi. P. usuli murakkab, ustadan qunt, koʻp mehnat, handasiy shakllar hosil qilishda bilimdonlik, mahorat talab qiladi. Bezatilayotgan sirtning xom ashyosiga qarab chizib, boʻyab, oʻyib tasvir hosil qilib, zaminini oʻyib boʻrtma tasvir (relyef) qosil qilib ishlanadi. Ish jarayonida usta tayyor ulgi (andoza)dan foydalanishi yoki be-zatiladigan yuzaga oʻzi chizma chizib, keyin uni ishlashi mumkin, ishlaganda turli (iskana, nov iskana, gurzi, oʻyma qalamlar, tishli iskana kabi) asboblardan foydalanadi. P. Oʻrta Osiyo qududi (jumladan, oʻzbek va tojik xa-lk/1ari)da keng tarqalgan. Panjara, ganch oʻymakorligida, sopol va chinni idishlarni boʻyashda koʻp qoʻllaniladigan aylana naqshlar ham P. deb ataladi. Meʼmoriy qismlarda P. naqshlar yirik boʻlib, odatda, loklanmaydi; roʻzgʻor buyumlari, uy jihozlarida kichik boʻlib, pardozlanadi hamda lokla-nadi. Us t alardan T.Ayyubxoʻjayev, K..H-aydarov, S.Xoʻjayev, O.Fayzullayev va boshqa yogʻoch oʻymakorligida, Us t a Shirin, M.Usmonov va boshqa ganch oʻymakorligida P. naqshlarning jozibali namunalarini yaratgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil