Kontent qismiga oʻtish

Parashyut sporti

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Parashyut sporti - aviatsiya sporti turi. P.yeda turli uchish appa-ratlaridan (samolyot, vertolyot, planyor, dirijabl, aerostat va boshqalar) parashyutda sakraladi. Zamonaviy Parashyut sporti musobaqalari dasturiga quyidagilar kiradi: 600–1500 m balandlikdan radiusi 10 m li nishon doirasiga yakka va guruxli boʻlib sakrab yerga aniq qoʻnish; 2000 m balandlikdan yakka holda sakrab xavoda akrobatik figuralar kompleksini bajarish; 2400 m dan erkin tushish paytida estafeta tayoqchalarini uzatish va nishon doiraga aniq qoʻnish mashqi bajariladigan guruxli boʻlib kompleks sakrash; 2400–4000 m balandlikdan erkin tushishda muayyan figuralar yasab guruxli boʻlib akrobatik sakrash; yerga aniqqoʻnish; kichik kalibrli mil-tikdan otish, kross, suzishni oʻz ichiga oluvchi parashyut koʻpkurashi. Xalqaro aviatsiya federatsiyasining parashyut komissiyasi — S1R (1950-yil tuzilgan)ga 50 dan ortik, mamlakat aʼzo. 1951-yildan jahon, 1975-yildan Yevropa chem-pionatlari oʻtkaziladi. Oʻzbekistonda Parashyut sporti 1934-yil vujudga kelgan. Shu yili Toshkent aeroklubi oʻz faoliyatini boshlagan edi. Oʻtgan davr mobaynida Oʻzbekistonda 12000 dan ortik, para-shyutchilar tayyorlandi. Toshkent aero-klubidan tashqari mamlakatda yana 3 ta aviatsiya sport klubi (Andijon, Zaraf-shon, Samarqand) bor. Parashyutchilarning har yili "Oq oltin" musobaqalari hamda faxriylarning anʼanaviy match uchrashuvlari oʻtkazib turiladi. 1993-yil Fargʻona shahri parashyutchilari Vena (Avstriya)da oʻtkazilgan xalqaro musobaqalarda, Oʻzbekiston terma jamoasi (T. Azizbekova, N. Trofimova, S. Richkova, T. Girdyuk, N. Skulkina) parashyut koʻpkurashi boʻyicha xalqaro musobaqalar (Volgansk shahri)da 3-oʻrinni egalladi. Oʻzbekistonlik V.Krestyannikov jahon, E. Eskanderov Yevropa chempioni unvoniga sazovor boʻlgan, A. Fasxut-dinov, A. Konisheva, L. Abduraxmonov, V. Koroteyeva va boshqa oʻzbekistonlik jahon rekordchilari hisoblanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil