Parallelizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Parallelizm (adabiyotshunoslikda) — poetik nutq usullaridan vatasvir vositalaridan biri. P. badiiy matnning oʻzaro bogʻliq qismlaridan nutq unsurlarining oʻxshash yoki aynan bir xilda joylashuvini taqozo etadi. Unda, odatda, 2 hodisa yonma-yon (parallel) qoʻyib tasvirlanadi. Bu, tabiatdan olingan biror obraz bilan inson hayotidan olingan obrazning oʻzaro oʻxshashligini koʻrsatish misolida, shuningdek, birbiriga oʻxshash ikki obrazning oʻzaro zid tomonlarini qiyoslash shaklida namoyon boʻlishi mumkin. Mavzusi yoki mantiqiga koʻra bir-birini takrorlamaydigan yoki toʻldiradigan 2 hodisa yonma-yon quyilgan hollar ham buladi. P. dastlab xalqogʻzaki ijodida keng tarqalib, sung badiiy adabiyotda uzlashtirilgan. Forsiy va turkiy adabiyotshunoslikda P. mutobiqa deyilgan. Uzbek mumtoz nasrida mutobiqaning yetuk namunalari kup. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil