Kontent qismiga oʻtish

Parallel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Parallel (yunoncha: parallelos — yonida boruvchi):

1) geografiyada — Yer yuzasida ekvatorga parallel oʻtkazilgan shartli doira chizigʻi. Xarita, globuslarda gradus toʻrining asosiy tarkibiy qismi. Parallel sharq bilan gʻarbni koʻrsatadi. Ekvatordan uzoqlashgan sari Parallel qisqara boradi. Bir Parallelda yotgan barcha nuqtalarning geografik kengligi bir xil boʻladi;

2) astronomiyada - osmon sferasining kichik aylanasi; tekisligi osmon ekvatori tekisligiga parallel boʻladi. Osmon sferasining olam oʻqi atrofida koʻrinma sutkalik aylanishi natijasida osmon nuqtalari (olam qutblaridan tashqari) oʻtgan yoʻllardan iborat;

3) geometriyada — q. Parallel toʻgʻri chiziqlar.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil