Paragneys

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Paragneys — Yer poʻstida hosil boʻlgan metamorfik togʻ jinsi. Choʻkindi togʻ jinslari (qumtosh va gilli slanetslar) ning Yer poʻsti chuqur zonalarida metamorfizmning amfibolit fatsiyasida kayta kristallanishi natijasida hosil boʻladi. Tarkibi boshqa harakterli minerallar (andaluzit, sillimanit, disten, kordiyerit, turmalin va boshqalar) qoʻshilgan kvars va dala shpatlaridan iborat; qoʻshilgan minerallarga qarab P.ning xillari farq qilinadi. P.da giltuproq bir oz koʻp boʻladi. P. dastlabki materialiga qarab magmatik jinslarning oʻzgarishidan hosil boʻlgan ortogneyslashan farq qiladi (yana qarang Gneys).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil