Parafin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Parafin (nem. paraffi n, lot. ragshp — oz va affi ns — oʻxshash) — toʻyingan kattik uglevodorodlar S18 — S,5 aralashmasi. Mol. m. 300—400. Sof P. rangsiz, hidsiz, taʼmsiz modda. Qoʻlga yogʻdek unnaydi, suvda, spirtda erimaydi, koʻpgina organik erituvchilarda va mineral moylarda yaxshi eriydi. Suyuqlanish temperaturasi 45—65°, zichligi 880– 915 kg/m3. P., asosan, deparafinizatsiya usulida ketonlar bilan toluol aralashmasidan, moyli neft distillatlarini moysizlantirish va tozalash yoʻli bilan, shuningdek, sunʼiy usulda uglerod (I)-oksidni vodorod bilan qay-tarib olinadi. Izolyasion material sifatida, yogʻochni parafinlashda, qogʻoz, toʻqimachilik, poligrafiya, koʻn, lokboʻyoq sanoatida, elektrotexnika, tibbiyotda qoʻllanadi. Yuqori yogʻ kislotalari, spirtlar, yuvuvchi va sirt faol moddalar olishda ishlatiladi (yana q. Toʻyingan uglevodorodlar).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil