Paradoks

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Paradoks (qadimgi yunoncha: παράδοξος — „kutilmagan“, „gʻalati“) — koʻpchilik tomonidan kabul etilgan anʼanaviy fikr, tajribaga oʻz mazmuni yoki shakli bilan keskin zid boʻlgan, kutilmagan mulohaza, muhokama. Har qanday paradoks „shubhasiz toʻgʻri“ (asoslimi, asossizmi, bundan qatʼi nazar) hisoblangan u yoki bu fikrni inkor etishdek koʻrinadi. „paradoks“ terminining oʻzi ham dastlab antik falsafada har qanday gʻalati, original fikrni ifodalash uchun ishlatilgan.

Mantiqda paradokslar formal mantik, qoidalariga rioya qilib fikr yuritishda baʼzan yuzaga keladi. Mantikda paradokslarni haqiqatdan chekinish, deb bilish oʻrinlidir. Shuning uchun antinomiya, aporiya, ziddiyatth paradoksning sinonimlari deb hisoblash mumkin. Paradoks bir-birini istisno kdluvchi ikki fikrni bab-baravar isbot kilish mumkinligini bil-diradi. Mantikiy paradokslar, odatda, mantiqiy asoslari toʻla aniklanmagan na-zariyalarda uchraydi.

Ilmiy muhokamada paradoks paydo boʻlishining asosiy sababi inson bilish jarayonining murakkab dialektik harakterga egaligi va bunda shakl va mazmunning oʻzaro ziddiyatli munosabatda boʻlishidadir. Paradokslarni bartaraf etishning universal yoʻli yoʻq. Mantiq va mat.da ayrim paradokslarni bartaraf kilish usullari ishlab chikilgan.[1]

Shuningdek qarang[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil