Papy Djilobodji

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Papi Mison Djilobodji (fransuzcha: El Hadji Papy Mison Djilobodji) 1988-yil 1-dekabrda Senegalning Kaolak shahrida tugʻilgan. Papi Mison Djilobodji senegallik futbolchi, „Gaziantep“ klubi va Senegal terma jamoasi himoyachisi hisoblanadi.

Papy Djilobodji Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifi El Hadji Papy Mison Djilobodji
Tugʻilgan 1-dekabr 1988-yil(1988-12-01)

(33 yosh)Kaolak, Senegal

Fuqaroligi Flag Senegala Senegal
Boʻyi 193 sm
Vazni 82 kg
Pozitsiya himoyachi
Hozirgi klubi
Klub Flag Tursii Gaziantep
Raqami 3
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Djilobodji faoliyatini mahalliy „Salum“ klubida boshlagan va 2007/08-yilgi mavsumda ilk professional futbol oʻyinlarini oʻtkazgan[1]. Senegal Premer-ligasida „Salum“ bilan ikki muvaffaqiyatli mavsumdan soʻng, u 2009-yil oktabr oyida Fransiyaga, havaskorlar chempionatidagi „Senard-Moissy“ klubiga koʻchib oʻtgan[2]. 2009/10-yilgi mavsumning birinchi yarmini muvaffaqiyatli oʻtkazib, u 2009-yil 27-dekabrda Liga 2ga koʻchib oʻtgan futbolchi „Nant“ klubining eʼtiborini tortgan[3].

2010-yilning 14-may kuni Djilobodji „Nant“ safida bo‘lajak Liga 2 chempioni „Kana“ga qarshi o‘yinda debyut qilgan[4]. Birinchi yildagi raqobatdan soʻng, Djilobodji asosiy tarkib futbolchisiga aylangan. Ikkinchi mavsumida 27 oʻyin oʻtkazgan futbolchi 2 ta gol urishga erishgan[5]. Uning taʼsirchan himoyadagi o‘yinlari „Nant“ga 2012/13-yilgi mavsumda Liga 1ga chiqishga yordam bergan. „Nant“da olti mavsumda Papi 185 oʻyin oʻtkazib, 9 gol urgan. 2015-yil yozgi transfer oynasida Djilobodjiga Angliya Premer-ligasiningSanderlend“ va „Aston Villa“ kabi klublar qiziqayotgani xabar qilingan. Biroq bu klublarning hech biri senegallik markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolashga jur’at eta olmagan[6].

2015-yil 1-sentabrda Djilobodji 4 yillik shartnoma imzolab, Premer-liga chempioni „Chelsea“ safiga qo‘shilgan[7][8]. Transfer summasi 2,7 million funtni tashkil qilgan[9]. Papi 23-sentabr kuni „Chelsea“ safida debyut qilgan va u 90-daqiqada Radamel Falkaoning oʻrniga Futbol Ligasi kubogi 3-turida „Uolsoll“ga qarshi oʻyinda maydonga tushgan[10].

2016-yilning 21-yanvarida Djilobodji mavsum oxirigacha „Werder“ga ijaraga berilgan[11]. 24-yanvar kuni u Bundesligadagi debyutini oʻtkazgan va 18-tur doirasidagi „Shalke-04“ga qarshi oʻyin uchun asosiy tarkibga kiritilgan[12]. 13-fevral kuni u Bundesligadagi ilk golini „Xoffenxaym“ga kiritgan[13].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilning 31-iyul kuni Djilobodji Zambiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun jamoadoshi Issa Sissoko bilan birga Senegal terma jamoasiga chaqirilgan. U xalqaro maydondagi debyutini 2013-yilning 14-avgustida Zambiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida o‘tkazgan[14]. U Afrika Millatlar Kubogidagi debyutini 2015-yilning 19-yanvarida guruh bosqichida Ganaga qarshi o‘tkazgan va 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan[15]. Turnirda Djilobodji ikkita oʻyinda maydonga tushgan. Ammo uning jamoasi guruhdan chiqa olmagan va 3-oʻrinni egallagan[16].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy terma jamoa Mavsum Oʻrtoqlik Turnirlar Jami
Oʻyinlar gollar Oʻyinlar gollar Oʻyinlar gollar
 Senegal 2013-yil 1 0 1 0 2 0
2014-yil 3 0 6 0 9 0
2015-yil 2 0 2 0 4 0
Umumiy faoliyatida 6 0 9 0 15 0

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Le FC Nantes recrute Papy Mison Djilobodji, ancien de l’ASC Saloum – Agence de Presse Sénégalaise“ (fr). Aps.sn (2015-yil 2-sentyabr). 2011-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-sentyabr.
  2. „Retrouvez dans cette rubrique le tableau des transferts pour la saison 2009–2010.“ (fr). Foot-senartmoissy.com (2015-yil 2-sentyabr). 2009-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-sentyabr.
  3. „Nantes: Papy Mison Djilobodji débarque“ (fr). Football.fr (2015-yil 2-sentyabr). 2012-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-sentyabr.
  4. „Nantes vs.Caen (1:3)“ (en). Soccerway.com (2015-yil 2-sentyabr). 2016-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-sentyabr.
  5. „Profile: P. Djilobodji“ (en). Soccerway.com (2015-yil 2-sentyabr). 2015-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-sentyabr.
  6. „Sunderland AFC transfers: Nantes defender Djilobodji and Townsend linked but Defoe could exit“ (en). The Chronicle (2015-yil 2-sentyabr). 2015-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-sentyabr.
  7. „Papy Djilobodji file à Chelsea“ (fr). Официальный сайт ФК «Нант» (2015-yil 1-sentyabr). 2020-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-sentyabr.
  8. „Djilobodji signs“ (en). Официальный сайт ФК «Челси» (2015-yil 1-sentyabr). 2015-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-sentyabr.
  9. „Papy Djilobodji joins Chelsea from Nantes“ (en). ESPN (2015-yil 1-sentyabr). 2015-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-sentyabr.
  10. „Walsall FC 1:4 Chelsea FC“ (en). Transfermarkt.com (2015-yil 23-sentyabr). 2015-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-sentyabr.
  11. „Papy Djilobodji verstärkt den SV Werder“ (de). Официальный сайт ФК «Вердер» (2016-yil 21-yanvar). 2016-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-yanvar.
  12. „FC Schalke 04 1:3 SV Werder Bremen“ (en). Transfermarkt.com (2016-yil 24-yanvar). 2016-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-yanvar.
  13. „SV Werder Bremen 1:1 TSG 1899 Hoffenheim“ (en). Transfermarkt.com (2016-yil 13-fevral). 2016-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-fevral.
  14. „Zambia vs. Senegal“ (en). National Football Teams (2013-yil 14-avgust). 2015-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-sentyabr.
  15. „Ghana vs. Senegal“ (en). National Football Teams (2015-yil 19-yanvar). 2015-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-sentyabr.
  16. „Кубок Африки 2015. Группа С“ (ru). Футбол на куличках (2015-yil 2-sentyabr). 2015-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-sentyabr.