Kontent qismiga oʻtish

Papuaslar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Papuaslar (malayyacha papuwa — jingalak) — xalklar guruhi, Gʻarbiy Melaneziyaning tub aholisi. Yangi Gvineya o. va Timor o.ning sharqiy qismi tub joy aholisining katta qismini umumlashgan nomi (enga, chimbu, xagen, kamano, xuli va boshqalar). Umumiy soni 4,8 mln. kishi (1987). Melaneziya irqiga mansub. Papuas tillarida soʻzlashadi. Dindorlari ajdodlar kulti, magiya va totemizmga eʼtiqod qiladi. 19-asr oxiridan missionerlar taʼsiri ostida xristianlik tarqalgan, hozirgi koʻpchilik P. rasman uni qabul qilishgan. Asosiy mashgʻuloti — dehqonchilik, choʻchqachilik, baliq ovlash, qisman ovchilik. P.ni etnografik jihatdan oʻrganishga rus tadqiqotchisi N.N. Mikluxomaklay katta hissa qoʻshgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil