Panzootiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Panzootiya (pan... va yun. zoon — hayvon) — hayvonlar oʻrtasida yuqumli kasallikning gʻoyat tez va keng tarqalishi. P.da yuqumli kasallik bir yoki bir necha mamlakatda, butun qitʼada keng tarqalib, deyarli hamma hayvon kasallanadi. Oqsil kasalligi, oʻlat va boshqa shunday kasalliklardan. Bu kasalliklar tez yuqadi, inkubatsiya davri qisqa, kasal hayvon tuzalgandan keyin kuchli immunitet hosil boʻlmaydi.

Ijtimoiy-iqtisodiy omillar, birinchi navbatda, xoʻjaliklarning mamlakat ichida va oʻzaro tez-tez aloqada boʻlib turishi, shuningdek, mol boqish sharoitining oʻzgarishi P. rivojlanishiga maʼlum darajada sabab boʻladi. P.ga qarshi muvaffaqiyatli kurashish kasalliklar qay darajada oʻrganilganligiga, diagnostikaning samarali usullariga va profilaktikaning oʻziga xos vositalari, shuningdek, epizo-otik tadbirlarning toʻla amalga oshirilishiga bogʻliq.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil