Panjhir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Panjhir — ilk oʻrta asrlarda To-hariston viloyati shahri (hozirgi Afgʻo-nistonning Nuriston viloyatidagi Panjshir shahri). 10-asrda P. atrofida boy kumush koni boʻlgan. P. shaxri togʻ te-pasida joylashgan boʻlib, uning yonidan Andarob va Koson daryolari oqqan. Bu yerda bogʻlar koʻp boʻlsada, yerlar haydalmagan, ishlov berilmagan. Samʼongshning maʼlumotiga koʻra, urush vaq-tida P. 10 ming jangchi yetkazib bera olgan. P.ning barcha aholisi P. dokimi egalik qilgan Kumush togʻdagi konda ishlaganlar. Kondan qazib chiqarilgan kumush maʼdani 3 qismga taqsimlangan: bir qismini sulton vakili, 2-qismini uni qazib olgan konchi olgan, 3-qismi esa konchilik bilan mashgʻ-ul boʻlgan mahalliy aholiga tekkan, ular uni savdogarlarga sotishgan. Muqaddasiyning yozishicha, 10-asrda P.da koʻplab dirhamlar zarb qilingan. P. zarbxonasi 8-asrning 2yarmida ham mavjud edi. 10-asrda somoniylar davrida P.da harbiy qarorgoh joylashgan boʻlib, uning oʻz zarbxonasi boʻlgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharista-na po araboyazichnim istochnikam IX — nachala XSH vv., T., 1996.

Shamsiddin Kamoliddinov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil