Panja qanotli baliqlar
Panja qanotli baliqlar (Crossopterygii yoki Crossopterygiomorpha) — balikdar infra sinfi (baʼzan kenja sinfi yoki katta turkumi). Ilk devondan maʼlum, boʻr davri oxi-riga kelib deyarli qirilib ketgan. Oʻrta devonda Panja qanotli baliqlar b.dan dastlabki quruqlikda yashovchi umurtqalilar kelib chiqqan. Uzunligi 7 sm dan 5 m gacha. Bosh qutisi toʻliq suyaklangan, yuqori jagʻi bosh qutisi bilan bogʻlangan. Tishlari koʻp, konussimon. Chanoq kamari 2 ta plastinkaga oʻxshash. Juft suzgichlari yoʻgʻon, muskulli, bir necha panjasimon tarmoqdangan boʻgʻimlardan iborat; tayanch funksiyasini ba-jaradi. 5 ta (jumladan, 4 ta qazilma) turkumi mavjud. Chuchuk suv ripidistlari suvda va quruqlikda yashovchshshrning bevosita ajdodi hisoblanadi. Selakantasimonlar turkumiga mansub 1 ta turi hozirgi Hind okeani (Afrikaning sharqiy sohillari yaqini)da uchraydi.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |