Pangolinlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Pangolinlar, yashcherlar (Pholidota) — yoʻldoshli sut emizuvchilar turkumi. Filogenetik jihatdan qad. hasharotxoʻrlarning bir tarmogʻi. P. ix-tisoslashgan guruh, ayrim anatomik xususiyatlariga koʻra, chala tishlilarga yaqin. Gavdasining uz. 30 sm dan 88 sm gacha, dumi 35—80 sm, ogʻirligi 4,5–27 kg. Gavdasi orqa va yon tomondan yirik muguz tangachalar bilan qrplangan. Tumshugʻi uzun konussimon. Oyoqlari 5 barmoqli, tirnoklari kuchli rivojlangan, oʻtkir. Tili chuvalchangsimon (uz. 25 sm gacha), hasharotlarni tutish uchun xizmat qiladi. Asosan, chumoli va termitlarni terib yeydi. Tishlari boʻlmaydi. 1 ta oila, 1 ta urugʻ va 7 ta turi maʼlum. Afrika va Jan.-Sharkiy Osiyoda tarqalgan. Oʻrmon, butazor va savannalarda yashaydi. Yerda va da-raxtlarda kechasi hayot kechiradi, kun-duzi ini va daraxt kovagida yashiri-nib yotadi. Xavf tugʻilganida sharga oʻxshash yumaloq boʻlib oladi. Yilda 1-marta 1 ta, baʼzan 2 ta bola tugʻadi. Goʻshti va hech qanday asossiz shifo-baxsh hisoblanadigan muguz tangachalari uchun ovlanadi. Mahalliy aholi shu tangachalardan qar xil buyumlar yasaydi. Ayrim turlarining soni juda kamayib ketgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil