Panduri
Panduri (gruzincha: ფანდური) — gruzin xalq uch torli lyutnya tipidagi chertma cholgʻu asbobi. Sharqiy Gruziyadagi Pshavi, Xevsureti, Tusheti, Kaxeti va Kartli[1] elatlarining eng mashhur xalq cholgʻu asbobi. Panduri turli shakl va oʻlchamlarda ishlab chiqariladi. Yakkaxon ijro va qoʻshiq joʻrligida chalinadi. Pandurini, asosan, erkaklar chaladi.
Taniqli ashug Ietim Gurji (1875-1940) pandurida joʻrlik qilgan. Sovet davrida Gruziyada zamonaviy gruzin kompozitorlari va mumtoz musiqalarni ijro etuvchi panduri, salamuri va chonguri triolari mashhur boʻldi[2]. Hozirda panduri joʻrligidagi qoʻshiqlar Trio Mandili tomonidan ijro etilmoqda. Dastlab, uch va yetti boʻlinmali 2 turdagi panduri bor edi, lekin 1934-yilda taniqli gruzin sanʼatshunosi Kiril Vashakidze ushbu cholgʻu asbobining yangi versiyasini yaratdi[3]. Vashakadze dastlabki cholgʻuni tadqiq qilgandan soʻng unga bemol va diyez yarim tonlarni qoʻshib, asbobning zamonaviy versiyalari — „Panduri prima“ (mumtoz) va 12 ta boʻlinmali „Panduri tenor“larini dunyoga keltirdi[3].
Tuzilishi: Panduri odatda quyidagicha sozlanadi: E C # A — yaʼni 1-tor Mi, ikkinchi tor Do# (qisilgan 3-pardada 1-parda bilan ohangdosh eshitiladi) va 3-tor Lya (4-chi pardada 2-parda bilan, 7-pardada esa 1-parda bilan ohangdosh eshitiladi). Shunday qilib, bosilmagan (ochiq) torlar Lya (A) major akkordni tashkil qiladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ hangebi.ge[sayt ishlamaydi] — Levan i Roland Bregvadze. Direktor gosudarstvennogo muzeya Gruzinskix narodnix muzikalnix instrumentov Revaz Kotrikadze, direktor gosudarstvennogo muzeya prikladnogo iskusstva David Kiknavelidze, master po izgotovleniyu narodnix muzikalnix instrumentov Maizer Gazdeliani.
- ↑ Музыкальный словарь Гроува.Georgia
- ↑ 3,0 3,1 hangebi.ge[sayt ishlamaydi] — Levan i Roland Bregvadze. Direktor gosudarstvennogo muzeya Gruzinskix narodnix muzikalnix instrumentov Revaz Kotrikadze, direktor gosudarstvennogo muzeya prikladnogo iskusstva David Kiknavelidze, master po izgotovleniyu narodnix muzikalnix instrumentov Maizer Gazdeliani.