Kontent qismiga oʻtish

Pamukkale Universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pamekkale universiteti
Turi Davlat Universiteti
Asos solingan sanasi 1992-yil 11-iyul
Rektori Ahmet Kkutluhan
Fakultetlar

20 ta fakultet

6 ta institut

17 ta kasb hunar-maktabi

45 ta tadqiqot markazlari
Talabalari 41.480 nafar (2021-yil holatiga koʻra)
Manzili
Veb-sayti pau.edu.tr

Pamukkale Universiteti 1992-yil 11-iyul Turkiyaning Denizli viloyatida tashkil etilgan davlat universitetidir[1].

Pamukkale Universiteti 1992-yilgacha „Denizli tibbiyot fakulteti“ sifatida Dokuz Eylül universiteti tarkibida bo‘lgan. 1992-yilga kelib, Muhandislik fakulteti, Taʼlim fakulteti, Tibbiyot fakulteti, Iqtisod va maʼmuriy fanlar fakulteti hamda Fan va adabiyot fakulteti kabi 5 ta fakultet bilan Pamukkale Universiteti sifatida tashkil etilgan. Universitetning barcha fakultet va ijtimoiy obyektlari Kınıklı kampusida joylashgan. Kampusda zamonaviy kutubxona mavjud. 2011-yil holatiga ko‘ra ushbu kutubxonada 60000 ta nashr etilgan kitob va 45000 ta elektron kitob mavjud.

Hozirgi kunda universitetda 414 ta taʼlim yo‘nalish mavjud. Bular 124 ta aspirantura, 125 ta bakalavriat, 111 ta magistratura va 54 ta doktorantura yo‘nalishlaridir.

Denizlining markazida joylashgan universitet 18000 m2 ochiq va 265750 m2 yopiq umumiy hisobda 283,750 m2 maydonda o‘zining taʼlim faoliyatini davom ettirmoqda. Shuningdek kampusda kuniga 24 soat xizmat ko‘rsatadigan kutubxona ham mavjud. Pamukkale Universitetining o‘z kasalxonasi mavjud. Universitet kasalxonasi zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanganligi va malakali xodimlari bilan diagnostika va davolashda mintaqaning eng yaxshi shifoxonasi hisoblaniladi. Kasalxona 9 ta reanimatsiya bo‘limi, ambulator tekshiruv va davolash bo‘limi va 21 ta operatsiya xonasini o‘z ichiga olgan[2]. Hozzirda Pamukkale Universitetida 2192 nafar ilmiy xodimlar 49044 nafar talabaga taʼlim berib kelmoqda[3].

Akademik birliklar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fakultetlar

  • Stomatologiya fakulteti
  • Ta’lim fakulteti
  • San’at va fanlar fakulteti
  • Iqtisodiyot va ma’muriy fanlar fakulteti
  • Ilohiyot fakulteti
  • Aloqa fakulteti
  • Ingliz tili va adabiyoti fakulteti
  • Gumanitar va ijtimoiy fanlar fakulteti
  • Arxitektura va dizayn fakulteti
  • Muhandislik fakulteti
  • Musiqa va ijrochilik fakulteti
  • Sport fanlari fakulteti
  • Sog‘liqni saqlash fanlari
  • Texnik ta’lim fakulteti
  • Tibbiyot fakulteti
  • Texnologiya fakulteti
  • Turizm fakulteti
  • Huquq fakulteti
  • Amaliy fanlar fakulteti
  • Qishloq xo‘jaligi fakulteti

Kollejlar

  • Jismoniy terapiya va reabilitatsiya maktabi
  • Amaliy fanlar maktabi
  • Chet tillar maktabi

Institutlar

  • Arxeologiya instituti
  • Sog‘liqni saqlash fanlari instituti
  • Ijtimoiy fanlar instituti
  • Ta’lim fanlari instituti
  • Fan va texnologiya instituti
  • Islom fanlar instituti

Rasmiy sayt

  1. „Tahihçe“. Pamukkale Üniversitesi. 31-oktabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-mart 2015-yil.
  2. „Tahihçe“. Pamukkale Üniversitesi. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.
  3. „Pamukkale Üniversitesi“. www.pau.edu.tr. Pamukkale Üniversitesi. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.