Pampangan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pampangan, pampango, kapampanganlar — Filippindagi Pampanga viloyati (Luson o. markazi va jan.gʻarbiy qismi)dagi xalq. Umumiy soni 2 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Filippin tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, katoliklar. Anʼanaviy mashgʻulotlari — sugʻorma dehqonchilik va qoramolchilik. Hunarmandchiligi — kulolchilik (Xitoy taʼsirida), temirchilik, kashtachilik, toʻqimachilik.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil