Kontent qismiga oʻtish

Paluba

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Paluba (slavyancha luba — yoʻnilgan taxta) — kemalarning suv oʻtkazmaydigan gorizontal yogʻoch yopmasi. Yuqori va pastki P.larga boʻlinadi. Yuqori P. umumiy mustahkamlikni va koʻndalang biqolikni taʼminlaydi. Pastki P. kemani balandligi boʻyicha bir necha qismga ajratadi, uning mustahkamligini oshiradi, turli yuk va toʻlqinlar zarbini oʻziga qabul qiladi. P.da xizmat va turar joy xonalari, mexanizm va jihozlar joylashadi. Poʻlat kemalarda P. poʻlat listlardan qilinib, boʻylama va koʻndalang bogʻlovchilar bilan mustahkamlanadi. P.ning kema bortiga tegib turadigan joylari uzunasiga qalin poʻlat toʻshamadan yasaladi. Kema korpusida bir yoki bir necha P. va platforma boʻladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil