Kontent qismiga oʻtish

Palpatsiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Palpatsiya (lot. palpatio — silash), paypaslash — vrachning bemorni tekshirish usuli; bunda yuza toʻqimalar va chuqur joylashgan aʼzolarni muntazam paypaslab, terining temperaturasi va namligi, baʼzi ichki aʼzolarning katta-kichikligi, joylanishi, yuzasi qanday ekanligi va konsistensiyasi, tomir urish xususiyatlari, shuningdek, P.ga nisbatan bemorning reaksiyasi (ogʻriq sezishi) aniqlanadi. Bimanual (ikki qoʻl yordamida), yuzaki (qorin boʻshligʻidagi aʼzolar kasalligida paypaslash), chuqur (tekshirilayotgan aʼzoni qoʻl bilan chuqur bosib paypaslash) va boshqa xillari bor. Suyaklar, boʻgʻimlar, muskullar, limfa tugunlari, oʻsmalar, yuza joylashgan qon tomirlar ham paypaslab tekshiriladi. Oʻpka kasalliklarini (emfizema, zotiljam), homilador ayollarda homilaning katta-kichikligini aniqlashda P.dan foydalaniladi. Qorindagi aʼzolar: meʼda, ichak, jigar, taloq, buyrakni tekshirishda P. usuli muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bunda shu aʼzolar haqida aniq fikrga ega boʻlinadi.[1]

Palpatsiya turlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • sirgʻanuvchi paypaslash- bu usuldan hosilalar chegarasi, zichligi va yuzasini aniqlashda foydalaniladi;
  • turtib koʻrish usulidagi paypaslash- devorlari yumshoq boʻlgandagi suyuqliklar(masalan, qorin boʻshligʻidagi assit boʻlganda) tashxislash uchun qoʻllaniladi;
  • barmoqlar bilan chuqur bosib koʻrish usuli- tanadagi ogʻriq nuqtalarini aniqlash maqsadida barmoqlar bilan chuqur bosib koʻriladi.[2]
  1. ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. ↑ Gadayev. Ichki kasalliklar propiedevtikasi. Qaraldi: 2026-yil 10-iyun.