Pallavlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pallavlar — Janubiy Hindistondagi Shimoliy Tamilnad hududida qadimda mavjud boʻlgan P. davlati (milodiy 3—9-asrlar) ni boshqargan sulola. P.ning 3 sulolasi maʼlum (3—6asrlar; 6-asr oxiri —8-asr oʻrtalari; 8-asr oʻrtalari — 9-asrlar). P. Narasimxa I davrida (7-asr) ravnaq topgan, u Vatapidagi Gʻarbiy Chalukyalarni tormor qilgan va Seylon (hozirgi Shri Lanka)ga zafarli yurish uyushtirgan. Poytaxti — Kanchi shahri boʻlgan. 893 yil P. davlati Chola davlati tomonidan tugatilgan. P. xonadoniga mansub vassal hokimlar 10—13-asrlarda ham boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil