Palermo toshi
Qiyofa
Palermo toshi - Qad. Misr yilnomalari oʻyib bitilgan diorit plita parchasi (43,5x25 sm). Qad. firʼavnlar sulolasigacha boʻlgan vaqtdan boshlab (miloddan avvalgi 4-ming yillik oxiri) bir qancha asrlarni qamrab olgan. Matn V sulola davrida (miloddan avvalgi 25-asr) tushirilgan. 1877-yildan Palermo (nomi shundan) muzeyida saqlanadi. Palermo toshi Qad. Misr xronologiyasi boʻyicha oʻta muhim manba boʻlib, firʼavnlarning iqtisodiy, qarbiy va liniy siyosati yuzasidan qimmatli maʼlumotlarni qamrab olgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |