Paleotip tof jinslari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Paleotip tof jinslari (paleo... va typos — tur, qiyofa) — ikkilamchi jarayonlar natijasida kuchli oʻzgargan vulkanik tog jinslari. Kaynotip togʻ jinslaridan farq qiladi. Paleotip tof jinslarij.ning oʻzgarishi tarkibidagi vulkanik shisha ikkilamchi minerallarga almashinuvi bilan bogʻliq. Lekin tog jinslarining oʻzgarishi ularni yoshiga bogʻliq emasligi maʼlum, mas, Islandiyadagi uchlamchi davrga mansub bazaltlar — Paleotip tof jinslarij., aksincha, qad. paleozoy davriga mansub otqindi vulkanik jinslar oʻzgarmasdan qolgan (kaynotip jinslar). Paleotip tof jinslarij. vaularning kaynotip turlari alohida xossalarga va nomlarga ega, mas, bazaltning paleotip xili — bazaltli porfirit, doleritniki — diabaz; riolit yoki datsitning paleotip turi kvarsli porfir deb yuritiladi. Birlamchi mine-rallar ham oʻzgaradi: albitlanadi yoki seritsitlanadi, toʻq rangli minerallar xlorit va epidot bilan almashadi. Natijada vulkanik tog jinslarining koʻrinishi ham oʻzgaradi, yaltirogʻi ketadi, xiralashadi; nordon Paleotip tof jinslarij. pushti rangga, asosli Paleotip tof jinslarij. esa binafsha rangga ega boʻladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil