Palanga

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Palanga (1917 yilgacha rasmiy nomi Palangen) — Litvadagi shahar. Dengiz sohilidagi iqlimiy-balneologik kurort. Boltiq dengizi boʻyida, Klaypeda shahridan 25 km shim.da, Klaypeda — Shyaulyay yoʻnalishidagi Kretinga temir yoʻl stansiyasidan 12 km masofada joylashgan. Aholisi 18 ming kishi (2001). Yozi moʻʼtadil iliq (iyulning oʻrtacha temperaturasi 17° chamasida), qishi yumshoq (yanv.ning oʻrtacha temperaturasi — 3°), yiliga 640 mm yogʻin tushadi. Kahraboga ishlov beruvchi korxonalar bor. Sanatoriy, suv-balchiq bilan davolash shifoxonasi, dam olish uylari va pansionatlar ishlab turibdi. Kahrabo muzeyi (19- a. saroyida) faoliyat koʻrsatadi. P. 1161 yildan maʼlum.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil