Pakombo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pakombo (? - 1867-yil dekabr) - Kambodjada fransuz mustamlakachilari va mulkdorlarga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon rahbari; 1866—67 yillarda yuqori choʻqqisiga chiqqan. P. oʻzini qirol Ang Channing nabirasi deb eʼlon qilgan. Qoʻzgʻolonchilar P. rahbarligida bir qancha viloyatlarni egallaganlar. Ularning asosiy kuchlari 1866-yil fransuz qoʻshinlari va qirol otryadlari tomonidan tormor keltirilgan. P. asir olinib, qatl etilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil