Pakana gʻoʻza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Pakana gʻoʻza — boʻyi past, tupi ixcham, hosil shoxlari kalta, tabiiy holda uchraydigan gʻoʻza shakllari va sunʼiy yaratilgan navlari. P.gʻ. navlari oddiy madaniy navlarni past boʻyli gʻoʻza shakllari bilan chatishtirish, shuningdek, chigit yoki gʻoʻzaning generativ organlariga mutagenlar (kimyoviy modda, gamma nurlar va h.k.) taʼsir ettirish natijasida yaratilgan. P.gʻ.ning boʻyi 30—70 sm dan oshmaydi. Birinchi hosil shoxi 3—5 boʻgʻimda paydo boʻladi, koʻsaklari tez ochiladi. Barglari mayda va siyrak boʻlib, erta toʻkiladi. Ildiz tarmogʻi yaxshi rivojlanmagan, mineral oʻgʻit va suvga talabchan.

Tupining ixchamligi muayyan maydonda koʻp tup (300—350—400 ming) qoldirish imkonini beradi. Oʻzbekiston seleksionerlari gʻoʻzaning sifatli tola beradigan pakana navlari (Kalta poyali 1, Qarshi 2 va h.k.)ni yaratdilar. Keyingi vaqtda birmuncha kam ekiladi.

Abdumavlon Abdullayev.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil