Paganini Nik kolo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Paganini

PAGANINI (Paganini) Nik kolo (1782.27.10, Genuya - 1840.27.5, Nitssa) — italyan sozandasi (skripka, gitara) va kompozitor. 1797 yildan boshlab Italiyada, 1828 yildan Yevropaning koʻp mamlakatlarida mukammal mahoratini namoyish qilib, tarixda eng mashhur virtuozlardan biri sifatida nom qoldirgan. P. yangi, murakkab ijro usullarini qoʻllab, zamonaviy skripka ijrochiligi asoslarini yaratdi, shuningdek, 19-asr pianino ijrochiligi hamda cholgʻulashtirish sanʼatlari rivojiga taʼsir oʻtkazdi. P. sozanda va kompozitor sifatida musiqiy romantizm asoschilaridan. Skripka uchun 24 ta kaprichchio, skripka va orkestr uchun 1- va 2- konsertlari (jami 5 ta), shuningdek, sonatalari (ayniqsa, skripka va gitara uchun), yakka gitara (jami 200 ga yaqin) va boshqa sozlarga moʻljallangan pyesalari, kamer ansambllari, opera, balet va xalq kuylariga yaratgan variatsiyalari kuylarining ravonligi va kuychanligi, garmonik rivoji oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. 1954 yildan Genuyada har yili P. nomidagi xalqaro skripkachilar tanlovi oʻtkaziladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil