Kontent qismiga oʻtish

Paetongtarn Shinawatra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Paetongtarn Shinawatra
แพทองธาร ชินวัตร

Paetongtarn 2024-yilda
31-Tailand Bosh vaziri
Mansab davri
16-avgust 2024-yil
Monarx Vajiralongkorn
Oʻtmishdoshi Phumtham Wechayachai
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 21-avgust 1986-yil
Bangkok (Tailand)
Bolalari 2
Taʼlim Chulalongkorn universiteti
Surrey universiteti
Imzosi

Paetongtarn Shinawatra (tailandcha: แพทองธาร ชินวัตร; RTGS: Phaethongthan Chinnawat; 21-avgust 1986-yilda tavallud topgan) – Tailandlik siyosatchi va biznesmen ayol, 16-avgust 2024-yildan Tailandning 31-chi ayol Bosh vaziri, Shinawatra Pheu Thai siyosiy partiyasining aʼzosi, u Taksin Shinawatraning kenja qizi (2001-yildan 2006-yilgacha bosh vazir) va Yingluk Shinawatraning jiyani (2011-yildan 2014-yilgacha bosh vazir). Paetongtarn Tailandning eng yosh ikkinchi ayol bosh vaziri hisoblanadi.

Paetongtarn 1986-yil 21-avgustda Bangkokda tavallud topgan[1][2]. U boshlangʻich oʻrta taʼlimni Sent-Jozef rohibalar maktabida, yuqori oʻrta taʼlimni esa Mater Dei maktabida tugatgan. Paetongtarn Chulalongkorn universitetining siyosatshunoslik fakultetida tahsil olib, 2008-yilda sotsiologiya va antropologiya yoʻnalishiga ixtisoslashgan holda siyosatshunoslik boʻyicha bakalavr darajasini qoʻlga kiritgan. Shundan soʻng, Paetongtarn oʻz taʼlimini Angliyada davom ettirib, u yerda xalqaro mehmonxona menejmenti boʻyicha magistrlik darajasini olgan.

  1. Chen, Heather; Olarn, Kocha „A coup ousted her father. Now she's standing in Thailand's election“ (en). CNN (2023-yil 9-aprel). 2023-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-avgust.
  2. Campbell, Charlie (18 April 2023). „Her Family Was Ousted From Power in Thailand. Now She Wants to Be Asia's Youngest-Ever Female Leader“. TIME (inglizcha). 19 August 2024da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19 August 2024.