Paduya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Paduya — Italiyaning shim. qismidagi shahar. Paduya viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 203,3 ming kishi (2001). Transport yoʻllarining muhim tuguni, kema katnaydigan kanal orqali Adriatika dengizi bilan bogʻlangan. Mashinasozlikning turli sohalari, kimyo, yengil, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. Galiley ishlagan universitet (1222), botanika bogʻi (1545, Yevropada eng kds.), muzeylar bor. Shahar miloddan avvalgi 4-asrdan maʼlum. Uygʻonish davrida P.da rassomlik sanʼati nihoyatda yuksalgan. 1866 yilda Italiya qirolligiga qoʻshilgunga qadar turli davlatlar tarkibida boʻlgan. 12—15-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar (cherkov va saroylar) saqlangan. P.da har yili xalqaro yarmarkalar oʻtkaziladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.