Kontent qismiga oʻtish

Ozodlik maydoni (Tallin)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ozodlik maydoni
Eski nomlari Gʻalaba maydoni
Umumiy maʼlumot
Shahar Tallin
Mamlakat Estoniya
Qurilishi boshlangan XIX asr
Ozodlik maydoni (Tallin)

Ozodlik maydoni (estoncha: Vabaduse väljak) — Estoniyaning Tallin shahridagi Eski shaharning janubiy chekkasidagi maydon boʻlib, u yerda davlat tadbirlari va turli konsertlar oʻtkaziladi. Sharqda Avliyo John cherkovi (1862—1867-yillar qurilgan), janubda Kaarli bulvari va yer ostida joylashgan savdo markaz (2008—09-yillar), gʻarbda Estoniya urushi xotirasiga bagʻishlangan Gʻalaba ustuni (2009) bilan chegaralangan.

Dizayni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi dizayn meʼmorlar Tiit Trummal, Veljo Kaasik va Andres Alver tomonidan yaratilgan. 2010-yilgacha bu yer mashinalar toʻxtash joyi edi. U 7752 m² maydonga ega boʻlib, oʻlchamlari taxminan 110 metrga 75 metrmi tashkil etadi[1].

Yaqin atrofdagi joylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Avliyo John cherkovi
  • Palace mehmonxonasi
  • Georg Ots Tallin musiqa kolleji
  • Rus teatri
  • Tallin shahri hukumati binosi
  • Tallin sanʼat zali
  • Estoniya rassomlari uyushmasi binosi
  • Estoniya zamonaviy sanʼat markazi

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Respublikadan oldingi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maydon XIX asr oʻrtalarida buzib tashlangan Xarju darvozasi oldidagi shved qalʼasi oʻrnida barpo etilgan. 1867-yilda maydonda Avliyo John cherkovi qurilgan. 1910-yilda maydon toshlar bilan qoplangan. Shahar Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinganining 200 yilligi munosabati bilan maydonda Pyotr I haykali oʻrnatilgan, 1922-yil 1-mayda esa demontaj qilingan.

Birinchi respublikada[tahrir | manbasini tahrirlash]

1935-yilda maydonning umumiy maydoni kengaytirildi. Bulvarlar boshqa joyga koʻchirilib, deyarli 2,500 kvadrat metr yangi maydon qurildi[2].

Sovet davrida[tahrir | manbasini tahrirlash]

1941-yil 29-aprelda Ozodlik maydoni Estoniya [[[SSSR]] tomonidan bosib olingandan keyin Gʻalaba maydoni deb nomlandi. 1941-yilning kuzida, Germaniya Vermaxti kelganidan keyin Ozodlik maydoni nomi tiklandi. 1944-yil 22-sentyabrda Qizil Armiya Tallinga kirdi va 1948-yilga kelib uning nomi Gʻalaba maydoniga qaytarildi. Sovet davrida Ozodlik maydoni Gʻalaba maydoni (Võidu väljak) nomi bilan tanilgan. SSSRda maydonda Gʻalaba kuni, Oktyabr inqilobi va 1969-yilgacha Xalqaro mehnatkashlar kuni kabi bayramlar sharafiga paradlar boʻlib oʻtgan.

Zamonaviy Ozodlik maydoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ozodlik xochi va Mustaqillik urushi yodgorligi 2009-yil 23-iyunda Estoniya mustaqillik urushi paytida halok boʻlganlar uchun yodgorlik sifatida ochildi.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]