Ozodlik Haykali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ozodlik Haykali

Ozodlik haykali dunyoning eng tanilgan obidalaridan biri boʻlib, 1886 yil AQSh - N'yu-Y'ork shahrida qurilgan. Ozodlik haykali, AQShning eng katta timsollaridan biridir.

Misdan yasalgan Ozodlik Haykali, Fransiya tarafidan qurulishining 100-yili sababli AQShga sovgʻa qilingan. Haykal, 1884-1886 yillari orasida Frederic Bartholdi tarafidan qurilgan. Haykalning Po'lat skiletini yasuvchisi Gustave Eiffel, poydevorini quruvchisi esa Richard Morris edi. Ozodlik haykali AQSh - N'yu-Y'ork shahridagi Ozodlik orolida joylashgan

Haykalning oʻng qoʻlida mashʼal, chap qoʻlida esa bir jadval bor. Jadvalning ustida 4 iyul 1776 yil deb yozilgan (Mustaqillikni bildiruvchi sana). Mashʼalning esa 7 dengizni ifodalovchi 7 uchi bor. Haykalning uzunligi 46 m boʻlib, poydevori bilan birga 93 m dir. Turistlar haykalning ichidan mashʼalgacha 168 zinapoyadan iborat boʻlgan zinadan chiqishlari mumkin. Haykalning mashʼal ushlab turgan oʻng qoʻlining uzunligi 23 metrdir. Mashʼalning atrofidagi boʻshliqda tahminan 15 kishi bemalol yon-mayon yursa boʻladi. Haykalning boshining kengligi 2 metr, boshidagi tojining uzunligi esa 5 metrdan iborat.

Ozodlik haykali, uni koʻrishni hohlagan barcha turistlar uchun ochiq. Uni koʻrish, zinasidan eng tepasigacha chiqib N'yu-Y'ork manzaralarini tamosha qilish uchun, haykal joylashgan, N'yu-Y'orkdagi Ozodlik oroliga borish yetarli.

Haykalga, Singer tikuv mashinalarining quruvchisi Isaac Singerning xotini Isabelle Eufenie Boyer modellik qilgan. Ozodlik Haykali 1884 yilda Fransiyada qurib boʻlingandan 1 yil son'gra 350 parchaga boʻlinib 214 sandiq ichida N'yu-Y'orkga keltirildi. Boʻlaklar, 4 oy ichida poydevorning ustiga birlashtirilib yangidan qurildi va 28 oktabr 1886 yilda minglarcha tamoshabinlarning qarshisida ochilishi eʼlon qilindi.

Ozodlik Haykali, 1984 yil UNESCOning Dunyo madaniyat me'rosi jadvalida oʻz oʻrnini egalladi.

Bu Haykalning nusʼhalari boshqa shaharlarda ham mavjuddir. Misol uchun Parijda Ozodlik Haykalining nusʼhalaridan biri mavjud. U nuska Atlantika okeaniga qaratilgan holda qurilgan. Ulardan biri Parijda, Atlantika okeaniga qaratilib qurilgan. Haykalning qolgan nusʼhalari Nevada, Pekin, Osaka, Bordeaux kabi shaharlarda ham mavjud.