Ozarbayjon Milliy konservatoriyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ozarbayjon Milliy konservatoriyasi
Umumiy maʼlumot
Manzili Ozarbayjon, Boku, Ələsgər Ələkbərov ko‘chasi, 7-uy

Ozarbayjon Milliy konservatoriyasi — Ozarbayjon Respublikasi Taʼlim vazirligi tasarrufidagi oliy taʼlim muassasasi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oliy musiqiy taʼlim muassasasi Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Haydar Aliyevning 2000-yil 13-iyundagi „Ozarbayjon Milliy konservatoriyasini tashkil etish toʻgʻrisida“gi farmoniga binoan qurilgan. 2001-yilning 10-avgustidagi „Ozarbayjon Milliy konservatoriyasining moddiy-texnik bazasini yaratish toʻgʻrisida“gi prezident qaroriga asosan Boku musiqa kolleji va Ozarbayjon Respublika nafis sanʼat gimnaziyasi Ozarbayjon Milliy konservatoriyasi tarkibiga kiritildi[1]. Ushbu qarorga asosan Siyavuş Kərimi konservatoriya rektori etib tayinlangan. Konservatoriyada falsafa doktori ilmiy darajasi uchun doktorantura bosqichida taʼlim beriladi.

Tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muassalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ozarbayjon Milliy konservatoriyasi qoshidagi Musiqa kolleji
  • Ozarbayjon Milliy konservatoriyasi qoshidagi Sumgait musiqa kolleji

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Azərbaycan Milli Konservatoriyasının maddi-texniki bazasının yaradılması haqqında AZƏRBAYCAN RESPUBLİKASI PREZİDENTİNİN SƏRƏNCAMI“. https://e-qanun.az/. Ədliyyə Nazirliyinin İnformasiya - kommunikasiya Texnologiyaları İdarəsi. 2023-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-mart.