Ozarbajon sharsharalari
Ozarbayjon sharsharalari — Ozarbayjon Respublikasi hududida joylashgan sharsharalar. Asosiy sharsharalar orasida „Yetti goʻzal“, Afurja, Katexchay, Takdam, Pazmari, Mamirli, Galabin, Abdal kaskad, Ram-Rama mavjud.
Ozarbayjon sharsharalari — Ozarbayjon Respublikasi hududida joylashgan sharsharalarga nisbatan ishlatiladi. Ularning asosiysi „Yetti goʻzal“: Afurja sharsharasi, Katexchay sharsharasi, Takdam sharsharasi, Pazmar sharsharasi, Mamirli sharsharasi, Galabin sharsharasi, Abdal kaskadi sharsharalari, Ram-Rama sharsharasi.
„Yetti goʻzal“ sharsharalari Gabala shahri yaqinida joylshgan Vandam qishlogʻidan 3 km.lik masofada joylashgan. Sharshara turli balandlikdagi 7 kaskaddan iborat boʻlgani uchun, ular „Yetti goʻzal“ deb nomlangan. Birinchi sharsharadan toʻrtinchi sharsharagacha zinapoya oʻrqali yetib borsa boʻladi.[1][2][3].
Ram-Rama sharsharasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ram-Rama sharsharasi Ilis Qax tumanidagi Ilisu qishlogʻida joylashgan. Ram-Rama Ozarbajondagi eng baland sharshara hisoblanadi, uning balandligi 75 metrni tashkil qiladi[4].
Mamirli sharsharasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mamirli sharsharasi Qax tumanidagi Lekit qishlogʻida joylashgan. Ozarbajon tilidan tarjima qilganda „mox bosgan“ maʼnosini bildiradi. Ushbu nom uzoq muddatli jarayon oqibatiba sharshara yonlari yashil mox bilan qoplanganligi sababli olingan. Sharshara balandligi 15 matrni tashkil qilib dengiz sathidan 550 metr balandlikda joylashgan, kengligi 30 metrga etadi. 2006-yil 5-avgustdan Ozarbajon vazirlar mahkamasi qarori bilan Momirli sharsharasi Qax tabiat yodgorligi bed tan olingan va davlat muhofazasi ostiga olingan[5][6].
Pazmar sharsharasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pazmari sharsharasi Naxichevan Avtonom Respublikasining Ordubad viloyatida Ayichinlig daryosi boʻylab joylashgan. Dengiz sathidan 3707 metr balandlikda joylashgan boʻlib balanligi 16 metrga etadi. Sharsharaning suvi uglevodorodlar, kaltsiy va minerallarga boy. Pazmari sharsharasi Naxichevandagi eng katta sharsharalardan biri boʻlib, yuqori kinetik energiyaga ega[7].
Katexchay sharsharasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Katexchay sharsharasi Balakan viloyatidagi Zagatala qoʻriqxonasida joylashgan. Ushbu sharshara hududida joylashgan 10 ta sharsharaga kiradi. Sharsharaning balandligi 20 metrga etadi
Ekspertlar bahosiga koʻra, Katexchay sharshara energiya resursi sharsharada enegiya ishlab chiqish stansiyasi tashkil qilingan holda butun hududni elektr energiyasi bilan taʼminlay oladi[8].
Afurja sharsharasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Afurja sharsharasi Guba viloyati hududidagi Afurja qishlogʻi yaqinida oquvchi Velvelichay daryosida joylashgan boʻlib ushbu sharsharaning balandligi 70 metrga etadi. Afurja sharsharasi Ozarbayjonning tabiiy yodgorliklariga tegishli boʻlib, hukumat tomonidan muhofaza qilinadi[9] .
Laza sharsharasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sharsharaning nomi sharshara yonida joyalshgan Laza qishloqidan olingan. Laza sharsharasi dengiz sathidan taxminan 1700 metr balandlikda, Katta Kavzaz togʻ tizmasining shimoliy-sharqida joylashgan[10].
Takdam sharsharasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Takdam sharsharasi Yardimlik viloyati hududida joylashgan boʻlib sharsharaning balandligi 34 metrga etadi[11] .
Galabin sharsharasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Galabin sharsharasi Lerik tumanidagi nomdosh qishloqda Talish togʻlarining choʻqqisida joylashgan. Sharshara dengiz sathidan 1000 metr balandlikda joylashgan, balandligi 65-70 metr[12] .
Abdal kaskad sharsharalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdal kaskar sharsharasi Tovuz viloyatidan oqib oʻtuvchi abdal daryosida joylashgan. Abdal sharsharalari kaskadiga turli balandlikdagi 8 ta sharshara kirad. ulardan asosiy ikkita sharsharaning baladligi 20 va 15 metrni tashkil qiqladi. Kaskadning har bir sharsharasining alohida rasmiy nomi mavjud emas, ammo ushbu sharsharaning ilk kashf etgan shaxs birinchi sharsharani Jalaladin, oxirgisini esa Soltan deb nomlagan. Sharshara, Ozarbayjon Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligi qaroriga koʻra, tabiat yodgorligi hisoblanadi[13].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Philine von Oppeln, Frank Schüttig. Aserbaidschan: Mit Baku, Kaukasus und Kaspischem Meer. Trescher Verlag, 2016-04-29. ISBN 9783897943452.
- ↑ Sputnik. „Сказочная красота водопада "7 красавиц"“ (ru). ru.sputnik.az. 2018-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-iyul.
- ↑ „Самые красивые водопады Азербайджана“ (az). 2018-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-iyul.
- ↑ Узел, Кавказский „Водопад Рам-Рама в Илису ВИДЕО“. Кавказский Узел. 2016-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-iyul.
- ↑ Гасымов, Рустам. „Красоты Азербайджана: водопад Мамырлы в селе Лекит“. ann.az (2014-yil 9-sentyabr). 2017-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-iyul.
- ↑ Гасымов, Рустам. „Путешествуем по Азербайджану: знаменитый водопад «Мамырлы»“. Yenicag.Ru (2017-yil 29-avgust). 2017-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-iyul.
- ↑ Tuncay Hüseynzadə. „Naxçıvan abidələri ensiklopediyası:: Prezident Kitabxanası“. Elektron kitablar:: Prezident Kitabxanası. 2019-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-iyul.
- ↑ Alazan/Qanıx çayı hövzəsi üçün Pilot Çay Hövzəsinin İdarəçiliyi Planı, Azərbaycan. Jesper Ansbaek, Anatoli Pichugin, Peter Roncak, Vəfadar İsmayılov, Fərda İmanov, Rafiq Verdiyev. (Wayback Machine saytida 2019-08-19 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Qubanın təbiət gözəli - Afurca şəlaləsi - VİDEO - FOTO“ (az). Matbuat.az. 2018-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-iyul.
- ↑ Azärbaycan Respublikasının qanunvericilik toplusu. Azärbaycan Respublikası Prezidentinin näşri, 1998.
- ↑ Гейбуллаев, Гиясаддин Аскер оглы. Топонимия Азербайджана. Баку, Элм, 1986-08-28.
- ↑ „UZUNÖMÜRLÜLƏR DİYARI LERİKDƏ YERLƏŞƏN MÖHTƏŞƏM“ (oʻlik havola — tarix ). EMTV.az. Qaraldi: 2018-yil 23-iyul.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Археологические и этнографические изыскания в Азербайджане. Изд-во "Ėлм,", 1986.