Gidrokarbonatlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gidrokarbonatlar, bikarbonatlar — karbonat kislota (N2SO3)ning nordon tuzlari, mas, NaHCO, (natriy gidrokarbonat). Karbonatlarga yoki gidroksidlarga suv ishtirokida SOg taʼsir ettirib olinadi. Qizdirilganda karbonatlarga aylanadi. Masalan, 2NaHCO3>Na2CO3+H2O+CO,T. Hammasi suvda eriydi. Kalsiy gidrokarbonat — Sa(NSO3)2 suviing qattiqligini oshiradi. G. qon reaksiyasini doim bir xil saqlaydigan bufer moddalar boʻlib, organizmda muhim fiziologik rol oʻynaydi. Koʻproq ishlatiladigani — natriy gidrokarbonat (natriy bikarbonat, ichimlik soda, NaHCO3) meʼda shirasida kislota koʻpayganda, mevda va oʻn ikki barmoq ichakning yara kasalligida, shuningdek atsidoz bilan davom etadigan kasalliklar (qandli diabet, yuqumli kasalliklar va h.k.)da poroshok, tabletka va eritmalari buyuriladi, oziq-ovqat sanoatida ham ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil