Kontent qismiga oʻtish

Ozar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ozar (taxallusi; toʻliq nomi Lutf Alibek Ogʻoxon Begdiliy oʻgʻli) (1722— 1780) — shoir va adabiyotshunos. Eronning Qum, Sheroz va Isfahon shaharlarida yashab, fors tilida ijod etgan. Zamondoshi shoir Mir Sayd Ali Mushtoq taʼsirida sheʼrlar yozgan. "Vola", "Naghat" taxalluslari bilan ham asarlar yaratgan. Sheʼrlar devoni mavjud. "Yusuf va Zulayho", "Daftari noʻh osmon" kabi doston va tazkiralar muallifi. Mashhur asarlaridan biri "Otashkada" (1779) 2 kitobdan iborat boʻlib, unda 10—18-asrlarda Eron, Movarounnahr va Hindistonda yashab ijod etgan 842 shoir hayoti va ijodi haqida maʼlumot berilgan, ularning asarlaridan namunalar keltirilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil