Oyxonim (Ashtarxoniy malika)
Qiyofa
Oyxonim — Ashtarxoniylar oʻzbek sulolasi malikasi. Buxoro xonligi hukmdori ashtarxoniy Vali Muhammadxonning (1605–1611) xotini. Ashtarxoniy xonimlar orasida yuksak eʼtibor sazovor boʻlgan Oyxonim ismli goʻzal ayol boʻlgan. U 1598–1628 yillarda hukmronlik qilgan qozoq sultoni Eshim sultonning qizi hisoblanadi[1].
Musulmon diniy eʼtiqodiga koʻra, „oy“ juda qadrlanib, Oyxonim ismi yaxshi ismlar sifatida qadrlangan. Buxoro xoni Vali Muhammadxon Buxoro taxtini egallagandan keyin, Oyxonimga uylangan. U Vali Muhammadxonning haramdagi eng suyukli ayol hisoblangan. Vali Muhammadxon oʻldirilgan soʻng, Imomqulixon ham shu ayolga uylangan[2].