Kontent qismiga oʻtish

Oynihol Bobonazarova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oynihol Bobonazarova
Tavalludi 10-iyun 1948-yil (1948-06-10) (76 yosh)
Fuqaroligi Tojikiston bayrogʻi Tojikiston
Kasbi huquq himoyachisi, “Perspektiv+” jamoat birlashmasi rahbari,
Mukofotlari Inson huquqlari va qonun ustuvorligi byurosining “Yilning eng yaxshi inson huquqlari himoyachisi” mukofoti (2013),
AQSh Davlat departamentining “Women of Courage” xalqaro mukofoti (2014);

Oynixol Bobonazarova (1948-yil 10-iyun, Yovon tumani, Tojikiston SSR, SSSR) — huquq faoli, dissident, „Perspektiv+“ jamoat birlashmasi rahbari.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1948-yil 10-iyun Tojikiston janubidagi togʻli qishloqda tugʻilgan.

Tojikiston Davlat universitetining yuridik fakultetini (1971) va Tojikiston Fanlar akademiyasi aspiranturasini (1971—1976) tamomlagan. Yuridik fanlar nomzodi.

1976—1989-yillarda oʻqituvchi, Tojikiston Milliy universiteti yuridik fakulteti dekani (1989—1992).

1996—2004-yillarda YXHT Tojikiston byurosining inson huquqlari boʻyicha maslahatchisi.

1997-yilda Birlashgan tojik muxolifatining 30 foizlik kvotasi boʻyicha Bosh prokuror oʻrinbosari lavozimiga koʻrsatilgan, biroq bu lavozimni qabul qilishdan bosh tortgan.

1996—2007-yillar Ochiq jamiyat instituti — Tojikistondagi Soros jamgʻarmasi (TSFOO) Tojikiston filiali boshqaruvi raisi.

2007-yildan beri qamoqxonalardagi vaziyatni kuzatuvchi, qiynoqlarga qarshi kurashuvchi, ayollar va mehnat muhojirlari huquqlarini himoya qiluvchi „Perspektiv+“ jamoat birlashmasiga rahbarlik qiladi.

1990-yilda „Tojikiston Demokratik partiyasi“ga aʼzo boʻlgan.

Inson huquqlari boʻyicha siyosiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rasmiy hokimiyatga muxolifatda boʻlgan Tojikiston Demokratik partiyasiga aʼzo boʻlganidan keyin huquq himoyasi bilan shugʻullana boshlagan. Respublikada inson huquqlari buzilishi holatlarini tekshirishda qatnashgan. 1993-yilda Bobonazarova davlat toʻntarishiga tayyorgarlik koʻrish va davlatga xiyonatda ayblanib hibsga olinib, bir necha oy hibsda saqlangan. Ozodlikka chiqqanidan keyin inson huquqlari harakatini davom ettirgan. 2007-yilda qamoqxonalardagi vaziyatni kuzatuvchi, qiynoqlarga qarshi kurashuvchi, ayollar va mehnat muhojirlarining huquqlarini himoya qiluvchi „Perspektiv+“ jamoat birlashmasini tashkil qilib, unga rahbarlik qila boshlagan. „Tojikiston Islom Uygʻonish partiyasi“dan (IRPT) Tojikiston prezidentlik saylovlarida (2013) nomzod sifatida ishtirok etgan. Muxolifatning asosiy nomzodi sifatida Oynihol Bobonazarovaga saylovda ishtirok etishiga ruxsat berilmagan. Shu sababli, mamlakatning ikki muxolif siyosiy partiyasi — Tojikiston Islom Uygʻonish partiyasi va Tojikiston Sotsial-demokratik partiyasi saylovda qatnashishdan bosh tortgan[1].

Xalqaro mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Inson huquqlari va qonun ustuvorligi byurosi“ NNTning „Yilning eng yaxshi inson huquqlari himoyachisi“ mukofoti (2013)
  • AQSh Davlat departamentining „Jasoratli ayollar“ xalqaro mukofoti (2014)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]