Kontent qismiga oʻtish

Oynavand oʻyma

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Oynavand oʻymaganch oʻymakorligida bezak turi. Bezatiladigan yuzaga mustahkamlangan koʻzgu (toshoyna) ustiga ganch qorishmasi qoʻyib va suvab, soʻng oʻyma usulida oynavand zaminli bezak hosil qilinadi. Oynavand oʻyma usulida bezalgan xonadagi koʻzgu (toshoyna)da tashqaridagi manzara va atrofdagi mayin oʻyma ganch naqshlar aksi tovlanib, yanada jozibador, oʻziga xos koʻrinish hosil qiladi. Ganch oʻymakorligining bu turi 19-asrda vujudga kelgan. Buxorolik Usta Shirin Murodovning ilk ishlaridan biri Buxoro yaqinidagi Sitorai Mohi xossaning „Oq zali“ ana shu usulda ziynatlangan (1912). Ganch oʻymakorligida oynavand oʻyma keng qoʻllanadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil