Oxunova Melixon Oxunovna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oxunova Melixon Oxunovna (1928.28.12, Uchqoʻrgon shahri - 1987.12.10, Toshkent) — tarixchi olima, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1979), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1979), tarix fanlari doktori (1972). Oʻzbekiston Davlat Universitetining tarix fakultetini tugatgan (1949), shu yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya institutining aspiranti, ilmiy xodim (1953 — 61), direktor oʻrinbosari (1961-65), direktor (1965-86), boʻlim boshligʻi (1986 — 87). Ilmiy ishlari Oʻzbekiston ishchilar sinfi tarixi muammolari va Oʻzbekistonning sotsializm davridagi tarixiga bagʻishlangan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laure-ati (1967).