Kontent qismiga oʻtish

Melixon Oxunova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Melixon Axunovna Axunova
Tavalludi 28-dekabr 1928-yil
Vafoti 11-oktyabr 1987-yil
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Taʼlimi Samarqand davlat universiteti
Unvoni tarix fanlari doktori

Melixon Oxunovna Oxunova – Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi, tarix fanlari doktori, professor, Oʻzbekistonda xizmat kursatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureate, Respublika Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori. U 1928-yilning 28-dekabrida Namangan viloyatining Uchqoʻrgʻon shahrida dehqon oilasida tugʻilgan. 1949-yilda Oʻzbekiston Davlat universitetining tarix fakultetini tamomlab, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya institutining aspiranturasida oʻqidi. Soʻngra Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutining kichik ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi, 1961-yildan direktorning fan boʻyicha oʻrinbosari, 1965-yildan 1986-yilgacha esa direktori boʻlib ishladi. M.Oxunova ilmiy-tashkiliy ishni tadqiqotchilik ishi bilan muvaffaqiyatli koʻshib olib bordi: u Sovet Oʻzbekistoni tarixi va respublika ishchilar sinfi tarixi problemalariga oid saksontadan koʻproq ilmiy asarlarini eʼlon qildi. U toʻrt tomlik „Oʻzbekiston SSR tarixi“, ikki tomlik „Samarqand tarixi“ jamoa monografiya hamda boshqa asarlarning mualliflari va muharrirlaridan biridir. Oʻzbekiston ishchilar sinfi tarixiga oid uch tomlik asarni tayyorlashda ishtirok etganligi uchun u Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureati unvoniga sazovor boʻlgan edi. 1979-yilda u Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi etib saylandi. M.Oxunova yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash sohasida katta ish olib bordi. U jamoat ishlarida faol qatnashdi. Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlariga bir necha marotaba deputat etib saylandi. 1979-yilda unga „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi“ faxriy unvoni berilgan edi. Taniqli tarixchi-olim, kamtarin va mehribon inson Melixon Oxunovna Oxunova 1987-yil 11-oktabrda 59 yoshida vafot etdi.