Oxunjon qiziq Huzurjonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oxunjon qiziq Huzurjonov (1903 — Margʻilon — 1967) — xalq qiziqchisi. Qiziqchilikni Yusufjon qiziq Shakarjonovdan oʻrgangan. Fargʻona, Samarkand, Xorazm viloyat teatrlarida, Toshsovet nomidagi teatr, Oʻzbekiston filarmoniyasida ishlagan. Oxunjon qiziq Huzurjonov oʻzbek anʼanaviy teatrining asosan kulki-hikoya janrida tanilgan. Katta qiziqchilardan eshitganlarini qayta ishlab aytib yurgan, lekin aksariyat kulki-hikoyalarini oʻzi toʻqigan. U turli xil voqealarni bir syujet ipiga tizib badiiy toʻqima hosil qilishda, oʻxshatish, sifatlash va boʻrttirib tasvirlashda yuksak maxrratga ega boʻlgan. "Savodsiz sartarosh", "Samolyot", "Sumalak", "Kinnachi kampir", "Poyezddagi chiptasiz kishi", "Zararli ichimlik", "Ziyorat", "Grammofon", "Maddohlik", "Ashulalar toʻplami" kabi yuzga yaqin kulki-qikoyalarida qayotda uchragan qalloblar, shaxsiyat-parastlarni fosh etib kelgan. 1937, 1951, 1959 yillarda Moskvada boʻlib oʻtgan oʻzbek sanʼati dekadalarida qatnashgan. "Qoʻshiklar parvoz etadi" hujjatli filmida suratga tushgan (1959). Umrining soʻnggi yillarida Margʻilon xalq teatrida ishlagan. O.k,, sanʼatini uning oʻgʻli Odiljon Oxunov bilan Muhiddin Darveshovlar davom ettirdilar.

Adabiyot[tahrir]

  • K,odirov M., Masharaboz va qiziqchilar sanʼati, T., 1971.

Muhsin Qodirov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil