Kontent qismiga oʻtish

Ovshunoslik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ovshunoslik – ov qilish va ovchilik xoʻjaligi, ovchilik faunasini boyitish va undan samarali foydalanish toʻgʻrisidagi fan. XX asr boshlarida mustaqil fan sifatida shakllangan.

Ov maydonlarini, ovlanadigan hayvonlar va qushlar biologiyasini oʻrganadi, ularni hisobga olish usullari-ni, ov qurollarini ishlatish va ovlash uslublarini ishlab chiqadi, ov tovarshunosligi va ovchilik xoʻjaliklari iqtisodiyoti va uni tashkil etish bilan shugʻullanadi. Ovshunoslikning muhim tadqiqot usullari – hayvonlarni muntazam kuzatish, tabiatda tajribalar oʻtkazish, hayvon qushlarni yashash joyida tamgʻalash, morfofiziologik indikatorlar yordamida hayvonlar populyasi-yasi tarkibini tahlil qilish. O. biologiya, ekologiya, biotsenologiya,, botanika, biogeografiya, iqtisodiyot fanlari bilan uzviy aloqada rivojlanadi. Oʻzbekistonda O. ka oid ishlar ovchilik xoʻjaliklari, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi intlari davlat qoʻriqxonalari va boshqalarda olib boriladi.

Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlarida Ovshunoslik rivojlangan. Ovshunoslikning eng yirik xalqaro forumi 1953-yilda tashkil topgan Xalkaro biolog-ovshunoslar kongressi har 2 yilda bir marta yigʻiladi.

Ad:. Rusanov Ya., Osnovi oxotovedeniya, M., 1986[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil