Ovqatdan boʻladigan toksiko-infeksiyalar va intoksikatsiyalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ovqatdan boʻladigan toksiko-infeksiyalar va intoksikatsiyalar — patogen mikroorganizmlar yoki ularning toksinlari tushgan oziq-ovqatlarni isteʼmol qilganda yuzaga keladigan oʻtkir kasalliklar guruhi. Isteʼmol mahsulotlariga turli kimyoviy moddalar, qishloq xoʻjaligida ishlatiladigan har xil oʻgʻitlar, defoliantlar tushgan ovqat, suv, hoʻl meva, sabzavotlar, qoʻziqorinning ayrim zaharli turlari bilmay yeyilganda roʻy beradigan ovqatdan zaharlanish bundan mustasno.

Koʻp hollarda Ovqatdan boʻladigan toksiko-infeksiyalar va intoksikatsiyalart. va i. zararlangan goʻsht, baliq, tuxum, sut mahsulotlari, sabzavotlardan tayyorlanadigan salatlarni yeganda roʻy beradi. Yetarli darajada sterillanmasdan tayyorlangan konservalar ham Ovqatdan boʻladigan toksiko-infeksiyalar va intoksikatsiyalart. va i.ga sabab boʻladi.

Oziq-ovqatlarga patogen mikroorganizmlar turli yoʻllar bilan tushishi mumkin. Infeksiya bilan zararlangan. mahsulotlardan ovqat tayyorlash, idishtovoqlarni yaxshilab yuvmaslik, salat tayyorlayotganda gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, oziq-ovqatlar yoki ularning xom ashyolarini notoʻgʻri saqlash Ovqatdan boʻladigan toksiko-infeksiyalar va intoksikatsiyalart. va i. yuzaga kelishiga imkon beradi. Infeksiyaning asosiy manbai kasal yoki patogen mikrob tashuvchi odam, hayvon va qushlar, shuningdek, infeksiyaning mexanik tashuvchilari (pashsha, suvarak, kemiruvchilar va boshqalar) hisoblanadi.

Ovqatdan boʻladigan toksiko-infeksiyalar va intoksikatsiyalart. va i.ni koʻpincha salmonella, shigella, ichak tayoqchasi, stafilokokk, proteya, klostridiya, xelikobakteriyalar va h.k., qoʻzgʻatadi. Mas, sutga hayvonlardan, asosan, sil mikobakteriyalari, salmonellalar, brutsellalar, patogen stafilokokk va streptokokklar tushadi. Sutni tashish, quyish, qayta ishlash, mahsulot tayyorlash davrida xizmatchilar orasidagi kasal yoki mikrob tashuvchilardan ham patogen bakteriyalar tushishi mumkin. Goʻshtning patogen va shartli-patogen mikroblar bilan ifloslani-shi hayvon va qushlarning kasallani-shi hisobiga, ular soʻyilganda, terisi shilinganda, goʻsht mahsulotlarini tashish va saqlash jarayonlarida yuzaga kelishi mumkin. Baliq tarkibida qorin tifi salmonellalari, ichburugʻ shigellalari, botulizm qoʻzgʻatuvchilari va vabo vibrionlari uzoq vaqt saqlanib qoladi. Meva va poliz mahsulotlarida, asosan, tuproqning patogen mikroflora-si (shigella, salmonella, vabo vibri-oni, ichak tayoqchasi, botulizm qoʻzgʻatuvchisi, zamburugʻlar va boshqalar)ni uchratish mumkin. Koʻpincha goʻsht, baliq, meva va poliz mahsulotlari konservalarida botulizm qoʻzgʻatuvchisi saqlanib qoladi, chunki bu anaerob mikroorganizm boʻlgani uchun konserva ichida ularga optimal sharoit vujudga keladi. Tuxum tarkibida koʻpincha salmonellalar, zamburugʻlar, aktinomitsetlar, stafilokokklar uchraydi. Non mahsulotlarida, asosan, patogen zamburugʻlar va bakteriyalarni topish mumkin.

Masalliklar va ovqatlar (mas, norin, somsa, qiyma va boshqalar) issiq joyda saqlanganda, ularda mikroblar tez koʻpayadi. Mas, yangi tayyorlangan kiy-maga bir necha bakteriya tushgan boʻlsa, bir kunda ular soni bir necha mingga yetadi. Shuning uchun, qiyma va boshqa shunga oʻxshash tez buziladigan masalliqlarni faqat sovuq joyda (muzlatkichlarda, qishda isitilmaydigan xonalarda) qisqa vaqt saqlash mumkin. Oʻta yuqori haroratda mikroorganizmlar nobud boʻladi, shuning uchun ovqat pishirganda qovurish yoki qaynatish muddatini kamaytirmaslik lozim. Ovqatdan boʻladigan toksiko-infeksiyalar va intoksikatsiyalart. va i.ning yana bir xili konservalarda uchraydigan botulizm qoʻzgʻatuvchisi boʻlib, zaharlanish aksari termik ishlov berish qoidalariga toʻliq amal qilmay tayyorlangan konservalar isteʼmol qilinganda roʻy beradi. Bu bakteriyalar qatʼiy anaeroblar boʻlgani uchun konserva ichida tez koʻpayadi va oʻta zaharli 2 xil ekzotoksin (neyrotoksin va gemolizin) ishlab chiqaradi. Bu toksinlar markaziy nerv sistemasi, muskullar va yurak-tomir faoliyatiga taʼsir etadi.

Ovqatdan boʻladigan toksiko-infeksiyalar va intoksikatsiyalart. va i. oʻtkir gastroenterit tarzida kechadi. Toksikoinfeksiyalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi meʼdaichak sistemasiga ovqat bilan tushgan patogen mikroorganizmlar miqdori, turi va organizmning reaktivligiga bogʻliq. Organizmning zaharlanish alomatlari organizm ga mikrob tushganidan soʻng bir necha soat oʻtgach boshlana-di: bemor oʻzini noxush his qiladi, koʻngli aynib, qusadi, ichi ketadi, korni ogʻriydi, koʻpincha harorati 38— 39° ga koʻtariladi. Bu belgilar boshlan-ganda zudlik bilan vrachga murojaat kilish lozim.

Ovqatdan boʻladigan toksiko-infeksiyalar va intoksikatsiyalart. va i.ning oldini olish uchun ovqat tayyorlash va saqlashda sanitariyagigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilish, oshxona va idish-tovoqlarni doimo toza tutish, mexanik tashuvchilarga qarshi kurashish lozim.

Veterinariya va sanitariya-epidemiologiya nazorati xodimlari hayvonlarning sogʻligʻini, goʻsht va baliq, poliz mahsulotlarini lab. tekshiruvidan oʻtka-zilishini doimo nazorat qilishlari shart. Goʻsht va baliq kombinati, oshxona xizmatchilari va tibbiyot xodimlari bakteriya tashuvchilarni aniklash va ularni davolash uchun muntazam tibbiy koʻrikdan oʻtib turishlari kerak. Axrli oʻrtasida sanitariya maorifi ishlari olib borish Ovqatdan boʻladigan toksiko-infeksiyalar va intoksikatsiyalart. va i.ning oldini olishda muhim tadbir hisoblanadi.

Muhsim Zokirov.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil