Ovozi tojik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"OVOZI TOJIK" ("Tojik ovozi") — Toshkent shahrida tojik tilida haftada 2-marta chiqadigan gazeta. Muassislari: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. 1-soni 1924-yil 25 avgustda Samarqand shahrida "Ovozi tojiki kambagal" nomida nashr etilgan. Keyinchalik "Ovozi tojik" (1925— 31), "Haqiqati Oʻzbekiston" (1931—40; 1964—91), "Oʻzbekistoni Surx" ("Qizil Oʻzbekiston", 1950—64) nomlarida chiqqan. 1992-yil 1-yanvardan hozirgi nomda. Sahifalarida doʻstlik va birodarlik shiori ostida Oʻzbekistonda yuz bera-yotgan ulkan oʻzgarishlar, jumladan, xalq xoʻjaligining turli tarmoqlarida erishilayotgan yutuqlar yoritib boriladi. Iqtisodiyot, maktab va mao-rif, fan va madaniyat, adabiyot va sanʼat, axborot va sport boʻlimlari bor. Gaz.ga turli yillarda Abdulqay-yum Qurbiy, Muhammadjon Hasaniy, Shahobiddin Sadrullin, Qamariddin Mirzoyev, Muborak Fozilov, Abdulla Hakimov, Shavkat Niyozov, Ehson Turdiqulov va boshqa muharrirlik qilishgan. 2003-yildan muharriri Sherpoʻlot Vakilov. Adadi 3000 (2005).