Ovnatanyan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ovnatanyan - 17-19-asrlarda yashab oʻtgan arman rassomlari sulolasi. Sulola boshligʻi Ovnatan Nagash (1661 — 1722) — rangtasvir ustasi; Echmiadzindagi ibodatxona devoriy rasmlarining muallifi. Oʻgʻillari Akop (1692-?) va Arutyun (1706/07-?) Ovnatanyan qoʻlyozma kitoblariga miniatyu-ralar ishlashgan, otalari bilan ibodatxona devoriy rasmlarini yaratishda ishtiroketishgan. Akopningoʻgʻli Ovnatan Ovnatanyan (1730—1801, Tbilisi) gruzin podshosi Irakliy II ning saroy rassomi boʻlgan, shogirdlari bilan Echmiadzindagi ibodatxona uchun yangi devoriy rasmlar ishlagan hamda Injildan olingan mavzularda asarlar yaratgan (1782—86); uning oʻgʻli Mkrtum O. (Avnatamov, 1779, Tbilisi — 1845) rangtasvirchi boʻlib, cherkov uchun rasmlar ishlagan, arman podsho va harbiy sarkardalari portretlarini ishlagan ("Shoh Trdat", 1836; Armaniston kartinalar galereyasida); Akop Ovnatanyan (Yakov Avnatamov, 1806, Tbilisi — 1881, Eron) — rangtasvir ustasi, arman tasviriy sanʼatida portret janrining asoschilaridan; tasviriy sanʼat asoslarini otasidan oʻrgangan. Uning portretlari (N. Teumyan, Ye. Gurgenbekyan va boshqalar)da arman sanʼatiga xos xususiyatlar — tasvirlanuvchining tinch, qotib qolgan holatida koʻrsatish, mayda detallarga eʼtibor bergan holda ularni aniq tasvirlash, asar fakturasining emaldek silliq va yaltiroq darajada ishlanishida bilinsa, oʻziga xos tomonlari nozik ruhiy kechinmalarni shoirona ifodali tasvirlanishi, rang tizimining sipo va birmuncha oddiyligida ifodalanadi. Agafon (Avnatamov, 1818, Tbilisi — 1893, Sankt-Peterburg) — Mkrtum Ovnatanyanning oʻgʻli, Peterburg BAda oʻqigan (1836—43) va shu yerda ishlagan; Akop Ovnatanyan portretlaridan litografik ishlar, chopqir otlarga bagʻishlangan kompozitsiyalar yaratgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil