Ovatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ovatsiya (lot. ovatio) — Qad. Rimda kichik triumf. O.ga fakat magistratlargina sazovor boʻlishgan; gʻolibni toʻla triumf bilan taqdirlash mumkin boʻlmagan chogʻdagina O. oʻtkazilgan. U triumfdan kamroq tantanavorligi bilan farq qilgan: oddiy magistrat kiyimini kiygan sarkardalar, boshlariga lavr emas mirta yaproqlaridan qilingan tojni kiyib Rimga jang aravasida emas piyoda yoki ot mingan holda kirib kelishlari lozim boʻlgan. Qurbonlik chogʻida buqa emas, qoʻy soʻyilgan. "O." soʻzi lot. ovis — qoʻydan yoki ajablanish tuygʻusi — O! O!dan kelib chiqqan. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil