Otaqoʻzi Azizov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Otaqoʻzi Azizov (1910.21.9, Qirg‘iziston, O‘sh viloyati) – til-shunos. O‘zbekistonda (1970) va Qoraqalpog‘istonda (1980) xizmat ko‘rsatgan fan arbobi. Filol. fanlari doktori (1961), professor (1965). Rossiya Federatsiyasi Ta’lim akademiyasining chet el muxbir a’zosi (1968). O‘rta Osiyo universitetini tugatgan (1932). Toshkent pedagogika institutida dotsent (1940–45), Toshkent qishloq xo‘jaligi instituti (1945–48), Toshkent kechki pedagogika instituta (1948– 52), Toshkent Davlat Universiteti (1952-85)da rus tili kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari o‘zbek tilshunosligi, leksikogra-fiyasi, rus va o‘zbek tillarining qiyosiy o‘rganish masalalariga bag‘ishlangan. A. darsliklar, ruscha-o‘zbekcha va boshqa lug‘atlar tuzgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil