Oswald Külpe

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oswald Külpe (1862.3.8, Kandau, Kurlyandiya — 1915.30.12, Myunxen) — nemis psixologi va faylasufi, Vyursburg maktabi asoschisi. 1894—1909 yillarda Vyursburgda, 1912 yildan Myunxenda prof., tanqidiy realizm namoyandasi. "Psixologiya ocherklari" (1893) asarida V. Vundga yaqin gʻoyalarni targʻib qildi. Assotsiativ psixologiyani tanqid qilib chiqdi va sinaluvchilarni oʻzini oʻzi kuzatish metodiga oʻrgatish mumkinligini isbotlashga intildi. Tafakkurning mazmuni va mohiyatini zudlik bilan fikr obʼyektiga tushirish va uzatish mumkin emas, degan xulosaga kelgan. Uningcha, tafakkur bilishning yuqori, aql-idrokka asoslangan bosqichi boʻlishiga qaramay, sezgilar kabi birlamchidir. "Falsafaga muqaddima" va boshqa asarlar yozgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil