Ostritsalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ostritsalar (Enterobius) — parazit nematodalar urugʻi. Urgʻochisi 12 mm gacha, erkagi 5 mm gacha. Odam va primatlar ichagidagi parazit. Kutikulasi bosh qismida boʻrtiq hosil qiladi. Ogʻzi 3 ta lab. bilan oʻralgan. Tuxumlari 0,05 mm. Yoʻgʻon ichakda va ingichka ichakning keyingi qismida parazitlik qiladi. Voyaga yetgan urgʻochilari anal teshigidan chiqib, teriga tuxum qoʻygach, halok boʻladi. Iflos qoʻl va buyumlar orqali tuxumlari odam ogʻziga tush-ganida O. yana qaytadan rivojlanadi. 20 ta turi maʼlum. Oʻrta Osiyoda 1 turi — bolalar gijjasi keng tarqalgan. Bogʻcha va kichik maktab yoshidagi bolalarda koʻproq uchraydi, enterobioz kasalli-gini paydo qiladi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil