Kontent qismiga oʻtish

Ostonabobo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ostonabobo
Muqobil nomlar Ostonabobo
Manzilgoh Xorazm, Yangiariq Oʻzbekiston
Turi Manzilgoh
Makon qaydlari
Qazish sanalari 1974-yil

Ostonabobo – Xorazm viloyati yangiariq tumani Ostonabobo qishlogʻida joylashgan. Yodgorlikning umumiy maydoni 2 gektarni tashkil etadi[1]. Ostonabobo haqida Yahyo Gʻulomovning „Xorazmning sugʻorilish tarixi“ kitobida qisqacha toʻxtalib oʻtilgan.[2]. Ostonabobo yodgorligi markazida Shayx Muxtor Vali maqbarasi va uning yonida katta va kichik masjid bor. Ostonabobo yodgorligi XIII asrning oxiri XIV asrga taalluuqli.

Yodgorlikning devorlari pishgan gʻishtdan qurilgan boʻlib koʻp xonali maqbara majmuasi sifatida tashkil etilgan. Maqbara zalining shimoli va janubidagi burchaklarida kichkina kirish joylari mavjud.

Oʻrganilish tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1974-yilda manzilgohdan sariq tusdagi koʻzalar va sirlangan idishlarning boʻlaklar topilgan. Topilgan sopol idishlar manzilgohda IX-XI asrlarda hayot mavjudligini koʻrsatadi[1].

  1. 1,0 1,1 QADIMIY XORAZM QALALARI VA ULARDAGI ARXEOLOGIK TADQIQOTLAR.Razzoqberdi Abdirimov, Umid Bekmuhammad. Xiva.2021
  2. Xorazmning sugʻorilish tarixi. Yahyo Gʻulomov. Toshkent.1960.