Oston Jalilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Jalilov Oston (1937.17.9, Narpay tumani) — seleksioner genetik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), Qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (1981), professor (1991). Toshkent Davlat Universiteti biol.-tuproqshunoslik fakultetini tamomlagan (1961). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida katta laborant (1962-63), Oʻsimliklar eksperimental biol.si institutida kichik ilmiy xodim (1963— 71), katta ilmiy xodim (1971—75), gʻoʻza geterozisi va amaliy seleksiyasi laboratoriyasi mudiri (1975 yildan), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi "Biolog" IIB bosh direktori (1991—97). 1997 yildan Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutida seleksiya va urugʻchilikning genetik asoslari boʻlimi boshligʻi.

Ilmiy ishlari radiatsion nurlanishning gʻoʻza genetik apparatiga taʼsirini va shu yoʻl bilan olinadigan foydali yoʻnalishdagi mutatsiyalarning nasldan naslga oʻtishini oʻrganishga bagʻishlangan. J. seleksiya ishlarida nurlanishdan foydalanish usulini taklif etdi. Bu usul keyingi avlodlardagi ayrim belgilarni barqarorlashtirish, mutantlarning qimmatli xususiyatlarini sanoat navlarining xoʻjalik potensiali bilan chatishtirish, seleksiya muddatini 2—3 yilga qisqartirish imkonini berdi. J. 15 dan ortiq gʻoʻza navlarini yaratdi, ulardan 5 tasirlashtirilgan va katta maydonlarda ekiladi (AN-Samarqand-2, Samarqand-3, Farhod, Oqoltin, Yulduz va b.).

Manbalar[tahrir]

  • Ispolzovaniye radiomutantov v seleksii xlopchatnika, T., 1979; Geneticheskiye aspekti fotosinteza i adaptivnosti xlopchatnika, T., 1996 (S. M. Gaziyans bilan hamkorlikda).[1]



  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil