Osteoxondroz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Osteoxondroz (osteo... va yun. chondros — togʻay) — umurtqalarni birlashtiruvchi togʻay-pay qismining degenerativ trofik va funksional oʻzgarishi natijasida kelib chikadigan kasallik. Odatda, umurtqa pogʻonasining boʻyindan yoki beldan pastki, koʻkrakdan yuqori qismlari zararlanadi. Moddalar almashinuvining buzili-shi, turli shikastlanishlar, ogʻir zoʻriqishlar va boshqa sabab boʻlishi mumkin. Umurtqa pogʻonasining faoliyati funksional jihatdan faqat bogʻlovchi togʻay-pay apparatlariga emas, balki ushlab turuvchi tana va umurtqa muskullari, qon hamda nerv tomirlari, orqa miya pardalariga ham bogʻliq. Umurtqaning egiluvchanligi, elastikligi, harakatchanligi, jismoniy zoʻriqishlarga chidamliligini umurtqalararo disklar taʼminlaydi. Bu diskni krplab turgan togʻay va pay elementlari umurtqalarni bir-biriga bogʻlab tura-di va bir butun umurtqa ustunini hosil qiladi. Disk va uning atrofidagi pay-togʻay bogʻlovchi elementlardagi oʻzgarishlarga revmatizm, shikastlanishlar, immunitetning susayishi va irsiy omillar sabab boʻlishi mumkin. O. koʻproq boʻyin va bel disklarida uchraydi. Diskda kuzatiladigan de-generativ oʻzgarishlar asosida murak-kab biokimyoviy jarayonlar yotadi. Turli shikastlanishlar taʼsirida diskning asosiy moddasi depolimerizatsiyaga uch-rab, hujayralarni jarohatlaydi va oʻzgartiradi. Natijada asosiy modda nordon mukopolisaharidlarning koʻpayishiga olib keladi, u esa diskning togʻay va pay toʻqimalarini asta-sekin yumsha-tib, fibroz halqalarda yoriqchalar hosil qiladi va diskning germetik holatini buzadi, distrofik va degenerativ jarayonlar rivojlanadi.

O. 2 bosqichda oʻtadi: 1) xondroz davri. Bunda umurtkalararo disk yadrosini oʻrab turgan bogʻlovchi fibroz halqa va boshqa elementlarda oʻzgarish boshlana-di, lekin disk ogʻriqni sezmaganligi uchun bu davrda bemorda klinik belgilar kuzatilmaydi; 2) O. davri. Bunda boshlangan degenerativ oʻzgarishlar disk va umurtkaning suyak qismiga oʻta-di, chegaralangan "berkituvchi" plas-tinkalar yirtilib, germetikligi yoʻqoladi; qon tomirlar va nerv tolalari disk ichiga oʻtib, ogʻriq beradi. Distrofik jarayon disk atrofidagi umurtqa boʻgʻimlarida, kaltauzun paylarda ham rivojlana boradi va umurt-qalar orasini toraytirib qoʻyadi, umurtqa "oʻtirib" qoladi. Kasallik belgilari degenerativ diskning joyla-shishiga bogʻliq. Agar boʻyin sohasida boʻlsa, shu sohaga aloqador aʼzolar fa-oliyatida oʻzgarishlar, kasalliklar va sindromlar kuzatiladi. Boʻyin ostexon-drozi ekstrakranial (tashqi nerv ildizlari sindromlari), intrak-ranial (ichki va tashqi shikastlanishlar, qon yetishmovchiligi), ver-tebral (vertebral yetishmovchilik) xillari bor.

Koʻkrak qismidagi O. belgilari, asosan, nerv ildizlarining sindromlari bilan ifodalanadi. Bel umurtqasi osteoxondrozi koʻproq uchraydi, chunki kishi biror bir meh-nat qilganda maʼlum bir jismoniy kuch talab etadi va bu oʻzoʻzidan belni zoʻriqtiradi. Bel O.ining quyidagi turlari ajratiladi: 1) ildizli — reflektor sindrom (lyumbago, ishias va boshqalar); 2) umurtqa disk churrasi, unda turli kompression miyelopatiyalar kuzatiladi; 3) disk atrofidagi ildiz qon tomir va boʻgʻimlar bilan birga kuzatiladigan sindromlar; 4) chanoq suyaklari paylari va dumgʻaza bilan birga uch-raydigan sindromlar (sakroileit, sakralizatsiya, koksigodiniya).

O.ning barcha xilida ogʻriq boʻladi, bu kasallikning qaysi bosqichda ekanligiga bogʻliq. Davo, asosan, konservativ, ogʻriq qoldiruvchi dorilar buyuriladi. O.ning disk churrasi stabil falajni keltirib chiqarsa, operatsiya qilinadi. Gulchehra Dadaxonova.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil